Янгиликлар

🚉TOSHKENT DАVLАT TRАNSPORT UNIVERSITETIDА “RАHBАR VА YOSHLАR UCHRАSHUVI” O‘TKAZILDI.
Tadbirda “O‘zbekiston temir yo‘llari” АJ Vagon xo'jaligi boshqarmasi, "O'zvagonta'mir" AJ, "Quyuv mexanika zavodi" AJ, "Toshkent yo'lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi" AJ, "Toshkent mexanika zavodi" AJ, O'zbekiston lokomotiv deposi va boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yoshlar uchun nihoyatda muhim va qiziqarli bo'lgan ushbu ochiq muloqotda, dastlab, Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar va bu jarayonda yoshlarning tutgan o‘rni hamda temir yoʼl tizimida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar borasida maʼlumotlar berildi. Universitetda temir yo‘l transportining ko‘plab yo‘nalishlari bo‘yicha taʼlim olayotgan iqtidorli yoshlar, kelgusida samarali mehnat qilib, tizimni yanada rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishlariga ishonch bildirildi. Tadbirda talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berildi. Uchrashuv so‘nggida bitiruvchi hamda faol talabalarni ragʼbatlantirish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” АJ rahbariyati nomidan sovgʼalar topshirildi.









